Pens Tramp bilan faxrlanishga arzigulik sabab borligini aytdi

Foto: Reuters
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens prezident Donald Tramp ma'muriyati erishgan natijalar faxrlanishga arzigulik ekanini aytdi. U Twitter’da Tramp boshqaruvi vaqtida AQSh yangi urushga kirishmaganidan faxrlanishini yozdi.
“Men ma'muriyatimiz ishi tugashiga sanoqli kunlar qolganda uning boshqaruvi vaqtida Amerika o‘nlab yillar davomida birinchi marta yangi urushga kirishmaganini faxr bilan ayta olaman. Bu kuch evaziga erishilgan tinchlikdir”, deb aytgan Pens.
Yanvarda Pens va Tramp o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgani, unga esa amaldagi prezident o‘z o‘rinbosaridan prezident saylovlari natijalariga aralashishni talab qilgani, Pens esa bunga rad javob bergani sabab bo‘lgan.
Avvalroq Pens Jo Baydenning inauguratsiyasida ishtirok etishga qaror qilganini ma'lum qilgan. Bu orada Bayden Trampning inauguratsiyada ishtirok etmasligiga kinoya tarzda izoh berib, uni “yaxshi qaror” deb atagan.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27