Berlinda minglab kishilar karantin cheklovlariga qarshi namoyishga chiqdi
Germaniyada 2 noyabrdan buyon karantin rejimi amal qilmoqda.

Foto: TASS
Berlin markazida minglab kishilar koronavirus cheklovlariga nisbatan norozilik bildirib namoyishga chiqdi.
Xabar qilinishicha, namoyishchilar soni 4 mingdan ortiq bo‘lib, ko‘chalarda 2,2 ming nafar politsiya xodimi navbatchilik qilmoqda.
Namoyishlar Bundestagda yuqumli kasalliklardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish kunida o‘tkazilmoqda.
Germaniyada 2 noyabrdan buyon karantin rejimi amal qilmoqda. Restoran, bar va boshqa ovqatlanish muassasalari kamida bir oyga yopilgan.
Fitnes-klublar, tatu-salonlar, basseyn, kosmetika va massaj studiyalari, teatr, kinoteatr va konsert zallari ishlashdan to‘xtagan.
Bahorda joriy etilgan karantin rejimidan farqli ravishda, bolalar bog‘chalari va maktablar, sartaroshxona hamda do‘konlar ishlamoqda.
Mavzuga oid

14:57
Vadeful: Rossiyaning Germaniya uchun xavfini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak

13:00
Vadeful Kiyevga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun keldi

09:00
Germaniya Isroil bilan birga «kibergumbaz» yaratish rejasini e’lon qildi

22:20 / 28.06.2025