O‘zMUda karantin talablariga rioya qilgan holda tanishuv darslari boshlandi
16 oktabr kunidan O‘zbekiston Milliy universitetida karantin talablariga rioya qilgan holda tanishuv darslari boshlandi. Ushbu OTMda ham pandemiya sababli mart oyidan buyon ta'lim onlayn shaklida davom ettirilgandi.

«Hayotidagi muhim burilish va yangi bosqich bo‘lgan, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston Milliy universitetiga kelishdi. Ularni dunyo tan olgan akademiklar, professor–o‘qituvchilar tantanali ravishda kutib olishdi. Universitet rektori, professor Avazjon Marahimov talabalarga oq yo‘l tiladi.
Tanishuv darslarida asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirok etishdi. Shuningdek, o‘z ixtiyoriga ko‘ra universitetdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit, ta'lim jarayonlari bilan tanishish maqsadida bir guruh ota-onalar ham kelishdi.
Dastlab, birinchi kursga qabul qilingan talabalarni fakultetlarda tantanali ravishda kutib olish marosimi tashkil etildi. So‘ngra tanishuv rejasiga ko‘ra talaba yoshlarga universitet va fakultetlar faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi. Unda O‘zMU tarkibiy tuzilmasi, ta'lim yo‘nalishlari, fakultetlar va kafedralar tarkibi, o‘quv-ilmiy, ma'naviy –ma'rifiy ishlar bilan tanishtirildi.
Tanishuv darslari bilan bir paytning o‘zida parallel ravishda universitetga tashrif buyurgan ota-onalarga dars jarayonlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtirildi», deyiladi O‘zMU axborot xizmati xabarida.
O‘zMUdagi professor-o‘qituvchilar respublikadagi barcha viloyatlarda tanishuv va haftalik mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Mashg‘ulotlar davomida prezident Shavkat Mirziyoyevning ta'lim to‘g‘risidagi qarorlari ijrosi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va O‘zMU rektori Avazjon Marahimovning 1-kurslarga tabrigini yetkazishdi. Respublikada, O‘zbekiston Milliy universitetida olib borilayotgan islohotlar, kredit-modul tizimi, onlayn o‘qitish tartibi haqida ma'lumotlar berildi.
O‘zMUdagi tanishuv darslari 14-17 oktabr kunlari respublikaning barcha hududlarida sayyor guruhlar tomonidan jadval asosida olib borilyapti.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi
Jahon | 14:23
-
Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:21
-
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi
Jahon | 14:20
-
SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirdi
Jahon | 14:11
Mavzuga oid

19:42 / 06.04.2021
O‘zMU dekan o‘rinbosari talabalardan o‘qishga ro‘molda kelmaslikni talab qilgani uchun uzr so‘radi

21:04 / 05.04.2021
Milliy universitet xodimi ro‘molli qizlarni ibodat libosida kelishda aybladi

23:04 / 10.04.2019
Chang bosgan kitoblar xitobi: O‘zbekistonda eski kitoblar taqdiri ne kechadi?

17:10 / 15.02.2019