Rossiyalik oligarx AQSh hukumatini sudga berdi

Foto: ITAR-TASS
Tadbirkor Oleg Deripaska Kolumbiya okrugidagi sudga AQSh Moliya vazirligi va uning rahbari Stiven Mnuchinga qarshi da'vo bilan murojaat qildi. Oligarx o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar bekor qilinishini talab etmoqda.
Deripaska da'vo arizasida o‘zini siyosiy kurash va Rossiyaning AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi uchun qaytarilgan javob qurboni, deb atagan.
Deripaskaning bildirishicha, AQSh Moliya vazirligi harakatlari tufayli 7,5 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rgan.
2019 yil yanvar oyida AQSh Moliya vazirligi Deripaskaga tegishli bo‘lgan En+ guruhi va uning nazorati ostidagi «Rusal» hamda «Yevrosibenergo» kompaniyalariga 2018 yil aprelida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Sanksiyalar rossiyalik biznesmenning shirkatlardagi ulushi qisqartirilganidan keyin bekor qilindi.
Bundan oldin, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy g‘arbni oligarxlarga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01