Tramp budjet inqirozini hal qilish ustida bir o‘zi ishlayotganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp qator OAVlarning prezident ma'muriyatida tartibsizlik hukm surayotgani va budjet inqirozini bartaraf qilish borasida reja yo‘qligi haqidagi xabarlarini inkor etdi.
"Hozirgina Amazon boshqaradigan The Washington Post gazetasining yolg‘onchi muxbiri Oq uyda tartibsizlik hukm surayotgani va "shatdaun"ni bartaraf qilish bo‘yicha hech kimda reja yo‘qligini aytganini ko‘rdim. Yolg‘onchi OAV doim tartibsizlik haqida gapiradi, aslida u yo‘q bo‘lsa ham", deb yozdi AQSh rahbari o‘z Twitter akkauntida.
"Aslida Oq uyda mendan boshqa deyarli hech kim yo‘q, menda esa "shatdaun" bo‘yicha reja bor. Ammo bu rejani tushunish uchun avvalo saylovlarda g‘alaba qozonganimni va Amerika xalqining xavfsizligini ta'minlashga va'da berganimni tushunish lozim. Bu va'daning bir qismi janubiy chegarada devor qurish edi. Saylov oqibatga ega!", deya qayd etdi u.
Shatdaun — AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etmoqda. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli budjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.
Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari, davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:46 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?

17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi

11:42 / 21.10.2024