Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi
Bu - avtomobilning bozor narxidan besh baravar qimmat, deb yozmoqda OAV.

Foto: AFP
AQShda ilgari prezident Donald Trampga tegishli bo‘lgan ikki o‘rinli Ferrari F430 Coupe avtomobili auksionda sotiladi. Rockstar avtomobil auksion uyi veb-saytida xabar berilishicha, siyosatchi bu mashinani 2007 yilda, sotuvga chiqarilgan zahoti sotib olgan.
Mashina chindan ham Trampga tegishli ekanini isbotlash maqsadida, Rockstar DJT (Donald John Trump qisqartmasi) harflari tushirilgan hujjatlar va davlat raqamini e’lon qildi. Siyosatchi avtomobilga qancha vaqt egalik qilgani hozircha noma’lum.
Auksion uyi sportkarni 1 million dollarga baholadi. Auto Bild nemis nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bu avtomobilning bozor narxidan besh baravar qimmat. Xususan, Germaniyada bunday avtomobillar odatda 150-180 ming dollarga sotiladi.
Lotning tavsifida mashina a’lo darajada ekani ko‘rsatilgan. Ferrari biror marta avariyaga uchramagan, bo‘yog‘i esa maxsus plyonka bilan himoyalangan. Avtomobil rangi qizil, och jigarrangdagi saloni mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Sportkar 3,9 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi, uning eng yuqori tezligi esa 315 km/soatni tashkil etadi.
Auksion 16 fevraldan 9 martgacha bo‘lib o‘tadi. Rockstar saytida allaqachon avtomobil uchun stavkalar qabul qilinmoqda.
2024 yilda Donald Trampning noyob Lamborghini Diablo VT Roadster avtomobili 1,1 million AQSh dollariga sotilgandi. “Chempionat” nashrining yozishicha, mazkur avtomobil 1997 yilda shaxsiy buyurtma asosida ishlab chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

13:56
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

11:06
Kiyevga tungi hujum: 20 dan ortiq kishi jabrlangan, temiryo‘l shikastlangan

10:26
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

07:40 / 27.06.2025