O‘zbekistonda yangi avtomobil – Chevrolet Tracker taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Nurafshon shahrida GM Uzbekistan tomonidan yig‘ilayotgan yangi avtomobil modeli Chevrolet Tracker taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi marketing masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umidjon Salimovga ko‘ra, 2 oy ichida 2 mingdan ortiq Chevrolet Tracker yig‘ilgan.
Video: Youtube
10 kun ichida 1000dan ortig‘i allaqachon sotib bo‘lingan. 2019 yilda 10-12 ming dona Tracker yig‘ish rejalashtirilmoqda. Hozirda avtomobilni yirik uzelli yig‘ish amalga oshirilmoqda. U.Salimovga ko‘ra, krossoverni yig‘ishni davom ettirish GM kompaniyasi bilan olib borilayotgan muzokaralar natijasiga bog‘liq.
Chevrolet Tracker texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:
Dvigatel - 1796 sm3 (1.8L)
Kuzov o‘lchami - 4248/1792/1674
Bazasi - 2555
Eng yuqori tezligi soatiga 180 km/soat. 11 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi. 100 km masofaga aralash siklda 7,1 l, shaharda 9,3 l, shahar tashqarisida 5,8 l yoqilg‘i sarflaydi. Yoqilg‘i baki 53 litr.
Chevrolet Tracker eksport qilinmaydi, faqat mahalliy bozordagi talab uchun yetkazib beriladi.
Bir muddat avval, O‘zbekiston bozori uchun Chevrolet Tracker narxlari ma'lum qilingan edi. LT M/T to‘plami 184 308 855 so‘m (22172.12 AQSh dollari), Chevrolet Tracker Premier A/T 215 680 575 so‘m (25946.1 AQSh dollari) qiymatida sotilishi bildirildi. J.Koreyada ayni model narxi 17 000, AQShda 19 000 AQSh dollaridan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

09:40 / 30.08.2022
Yangi Chevrolet Tracker’ning narxlari e’lon qilindi

15:40 / 26.07.2022
Tracker-2 va Onix avtomobillari uchun shartnoma berish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

11:52 / 18.07.2022
UzAuto Motors yangi Chevrolet Tracker-2023 modelini ishlab chiqarishni boshladi

09:00 / 22.02.2022