Qirg‘izistonda Rossiya aviabazasi harbiy xizmatchisi jonsiz holda topildi

Foto: ritmeurasia.org
Rossiyaning Qirg‘izistondagi aviabazasida shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy yashash joyida jonsiz holda topildi. Bu haqda Rossiya markaziy harbiy okrugi xabar qildi.
"Rossiyaning Qirg‘izistondagi aviabazasi qo‘mondonligi shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchining o‘limi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. U yashash xonadonida jonsiz holda topilgan", deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, o‘lim u xizmatdan bo‘sh vaqtda yuz bergan, harbiyning tanasida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan.
Mavzuga oid

18:18
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:02
G7 Rossiyaga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, sanksiyalar bilan tahdid qildi

22:13 / 14.03.2025