Osiyo o‘yinlari. Shunqor Abdurasulov ham chorak finalga chiqdi

Foto: Hasan Pirmuhammedov
O‘zbekiston boks terma jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Shunqor Abdurasulov Osiyo o‘yinlari chorak finaliga yo‘l oldi.
Nimchorak finalda u filippinlik Jyeyms Palistega qarshi ringga ko‘tarilib, mutlaq ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi u chorak finalda 28 avgust kuni qirg‘izistonlik Argen Qodirbek o‘g‘liga qarshi jang qiladi.
Bundan avvalroq -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov ham ilk jangda g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olgandi.
Bugun O‘zbekiston boks jamoasining yana bir vakili, -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov nimchorak final doirasida xitoylik Qiong Maimaititu Ersun bilan jang qiladi.