Bolaning ko‘zgudagi aksi videosi foydalanuvchilarni ajablantirdi (video)
AQShning San-Antonio shahrida yashovchi ayol tvitterda foydalanuvchilarni ham qo‘rqitgan, ham ajablantirgan videoni joylashtirdi.
Videoda bir bola ko‘zgu oldida turib, turli qiliqlar qilayotgani tasvirlangan. Bir necha soniyadan keyin bola ko‘zga oldidan ketadi. Ajablanarlisi, bunda bolaning ko‘zgudagi aksi undan tezroq harakatlanib, qo‘zguda oldinroq yo‘qoladi.
the more i watch this, the crazier it gets. 💀 pic.twitter.com/f8MQ9ahRhY
— jolynn 🍒 (@satxjolynn) August 20, 2018
“Bu videoni ko‘rganim sari u qo‘rqinchliroq tuyulmoqda”, deyilgan videoga berilgan izohda.
Rolik 4 mln dan ko‘proq marta tomosha qilingan, 178 ming layk va 113 ming retvit to‘plab, ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab bo‘lgan.
“Men 0,5 soniya kechikadigan ko‘zgu haqida hech eshitmagandim”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Boshqa foydalanuvchi esa bu holatga hazil bilan qarab, “Ko‘zgudagi akslar boshqa olamda joylashgan va istagan ishlarini qila oladi”, deb yozgan.
Biroq ba'zilar ushbu videoning “mistik” ekaniga shubha bildirishgan. Foydalanuvchilardan birining fikricha, bunday effektga sirpanuvchi zatvor bilan suratga olish texnikasi yordamida erishiladi.
“Bunda kamera chapdan o‘ngga yozadi. U butun tasvirni bir vaqtda qayd qilmaydi”, deb tushuntirgan u.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025