Foto: Qoraqalpog‘istonda katta shaxmat maydonchasi paydo bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 9 avgust kungi «O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida shaxmat ustalari, murabbiylarini tayyorlash, shaxmat klublari, umumta'lim maktablarida shaxmat sinflarini tashkil qilish hamda shaxmatni yosh toifalari bo‘yicha yanada rivojlantirish belgilangan edi.
Kruz’ning yozishicha, ushbu yo‘nalishdagi ishlarning talab darajasida tashkil qilish, xalqning, asosan yoshlarning sportning bu turiga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Qonliko‘l tumani «Baxtli» madaniy dam olish markazida shaxmat maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Qayd etilishicha, bu maydoncha yoshlar o‘rtasida shaxmatni ommalashishiga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazish bilan birga, matematik o‘ylash salohiyatining o‘sishiga, shaxmat mutaxassislari sonining ortishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid

11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

07:40 / 17.07.2024