Ispan Mauglisi o‘z tarixi bilan bo‘lishdi (suratlar)
12 yil bo‘rilar tomonidan tarbiyalangan inson bo‘rilar galasiga qaytishni xohlamoqda, ko‘ngillilar esa uning uyiga issiqlik tizimini o‘tkazish uchun pul yig‘ishmoqda, deya xabar beradi The Daily Mail.
Markos Rodriges Pantoya 7 yoshida Ispaniyadagi Serra-Morena tog‘larida bo‘rilar galasi tomonidan qabul qilingan. U uch yoshida cho‘pon sifatida o‘sha yerga yo‘llangan.
Rodrigesning onasi farzandini dunyoga keltirayotib hayotdan ko‘z yumgan, otasi esa boshqa bir ayol bilan qochib ketgan.
Mahalliy qariyalardan biri uni olovdan foydalanib, idish yasashga o‘rgatgan, biroq keyin u yo vafot etgan, yoki bolani yolg‘iz qoldirib, ketib qolgan.
U tog‘lardagi meva va o‘simliklarni yeb kunini ko‘rgan, keyin esa uni urg‘ochi bo‘ri qabul qilgan. U o‘z bolalarini go‘sht bilan boqqan, Rodriges go‘sht bo‘lagini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan, lekin ona bo‘ri ovoz chiqarib tahdid qilgan, bola ham ortga chekinmagan.
"Bo‘ri o‘z bolalarining qornini to‘yg‘izib, menga ham go‘sht bo‘lagidan tashladi. Men uning yana tahdid qilishidan cho‘chib, go‘shtga tegmadim, keyin u go‘shtni burni bilan men tomon surib qo‘ydi, - deya so‘zlab bergan Markos 2013 yilda BBC'ga. - Men uni yedim va ona bo‘ri menga tashlansa kerak deb o‘yladim, biroq u tilini chiqarib, meni yalay boshladi. Shundan keyin men bo‘rilar galasi a'zosiga aylandim".

Pantoyaning aytishicha, uning qo‘lga o‘rgatilgan iloni ham bo‘lgan, u ilonni echki suti bilan siylagani uchun jonivor doim uning izidan harakatlanar edi.
Markos 19 yoshga to‘lganda uni topishgan. U yarim yalang‘och holatda yugurib yurgan bo‘lgan va odamlar bilan muloqot qila olmagan.
Hozir 72 yoshli Maugli Ispaniyaning Rante shahrida nafaqaga kun ko‘radi.

Pantoyaning aytishicha, uni g‘or (u o‘z uyi deb hisoblagan joy)dan olib ketishganidan buyon uning hayoti ancha yomon tomonga o‘zgargan, u baribir jamiyatga to‘liq moslasha olmagan.
Markosning so‘zlariga ko‘ra, u aldovlar, zo‘ravonliklar qurboniga aylangan, uni ekspluatatsiya qilib, pulini to‘lashmagan.
Mauglining ta'kidlashicha, uning eng baxtli kunlari g‘orda ko‘rshapalaklar, ilonlar va kiyiklar bilan o‘tgan. U bu hayvonlarning tovushlarini imitatsiya qila oladi.

Tsivilizatsiyaga qaytish uning hayotidagi eng qo‘rqinchli tajriba bo‘lgan. U dastlab yetimxonaga tushgan, u yerda rohibalar bolani ikki oyoqda yurishga va stol atrofida ovqatlanishga o‘rgatishgan.
Uning oyoqlaridan yiringlar kesib tashlanganidan so‘ng u muayyan vaqt nogironlar aravachasida harakatlanishiga to‘g‘ri kelgan. Sartaroshxonaga birinchi tashrif bolani cho‘chitib yuborgan - u sartaroshlar mehnat quroli bilan uning tomog‘ini kesishmoqchi deb o‘ylagan.
Tsivilizatsiyadan olgan eng dahshatli taassuroti shovqin bo‘lgan - mashinalar, olomon...
U karavotda qanday uxlashni bilmagan. Pantoyaga birinchi marta xona ajratilganida u o‘ziga polda jurnallar va adyollardan joy tayyorlagan.

Markos tog‘ga qaytishga harakat qildi, biroq o‘z g‘orini topa olmadi - uning o‘rnida elektron darvozali kottejlar qad ko‘targandi.

Bo‘rilar ham uzoq ayriliqdan keyin uni qabul qilishmadi. Hozirda Amigos das Arbores ekologik guruhi unga boyler olish va uyiga issiqlik tizimini o‘tkazish uchun pul yig‘moqda. Qo‘shnilar Mauglini qabul qilishadi, biroq ba'zilar hanuz uning soddaligi ustidan kulishadi.

"O‘ylashimcha, ular mening ustimdan kulishadi, chunki men siyosat yo futbol haqida hech narsa bilmayman", - deydi Markos. Uning shifokori esa e'tiroz bildiradi: "Siz ularning ustidan kuling. Ular sizdan kam bilishadi".




Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent tumanida joylashgan uylarning biri yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:04
-
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 10:03
-
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi
O‘zbekiston | 09:59
-
Nyu-Yorkda musulmon nomzod demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi
Jahon | 09:36
Mavzuga oid

21:48 / 27.06.2025
Ispaniyalik tadqiqotchilar haftasiga to‘rt kunlik ish rejimining samaradorligini isbotladi

11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi

23:30 / 25.06.2025
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi

14:54 / 20.06.2025