Jahon | 21:48 / 27.06.2025
1781
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyalik tadqiqotchilar haftasiga to‘rt kunlik ish rejimining samaradorligini isbotladi

Aniqlanishicha, ish kunlari sonini qisqartirish, masofadan ishlashga o‘tish, moslashuvchan jadval va qo‘shimcha ta’tillar olish imkoniyati xodimlar hamda biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: Canva

Haftasiga to‘rt kun ishlash ish unumdorligini oshirishi, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilashi hamda iqtidorli xodimlarni kompaniyada ushlab qolishga yordam berishi mumkin. Madriddagi Karlos III universitetining InnovaWorking ilmiy loyihasi mutaxassislari shunday xulosaga keldi.

Tadqiqot natijalari Yevropa parlamentida taqdim etilgan. Mualliflarning ta’kidlashicha, ish kunlari sonini qisqartirish, masofadan ishlashga o‘tish, moslashuvchan jadval va qo‘shimcha ta’tillar olish imkoniyati xodimlar hamda biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi — bunda faqat kompaniya rahbariyati bunga o‘zgarishlarga jiddiy yondashishi kerak.

InnovaWorking loyihasining bosh tadqiqotchisi Ana Belen Munos Ruisning tushuntirishicha, Yevropaning oltita davlati — Ispaniya, Finlandiya, Fransiya, Vengriya, Irlandiya va Niderlandiyaning ham davlat, ham xususiy iqtisodiy sektoridagi mehnat sharoiti, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat tahlil qilingan.

«To‘rt kunlik ish haftasi ko‘plab malakali xodimlarni jalb qilmoqda. Uni birinchi bo‘lib joriy qilgan kompaniyalar sodiq, sifatli ishlaydigan, biroq qulayroq shart-sharoitlar sabab raqib kompaniyalarga o‘tib ketishlari mumkin bo‘lgan xodimlar mehrini qozonadi. Shu bois, ushbu yo‘nalishda birinchi bo‘lib harakat qilgan kompaniyalar uchun iste’dodli xodimlar oldida ustunlikka erishish strategik jihatdan juda muhim», — deya tushuntiradi mutaxassis Dias de Atauri.

Shu orqali ish haftasining qisqartirilishi nafaqat xodimlar manfaatlariga xizmat qiladi, balki ish beruvchilarga ham foyda keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgustida Yaponiya o‘zining mehnatkash xalqini haftasiga to‘rt kunlik ish rejimiga o‘tkazmoqchi ekani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid