Ukraina bosh vaziri MDHdan chiqishning iqtisodiy oqibatlariga baho berdi

Foto: Sng.today
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning fikricha, mamlakatning MDH bilan hamkorligini to‘xtatish iqtisodiyotga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Siyosatchining so‘zlari «Ukrinform» tomonidan keltirilgan.
«Men bu iqtisodiyotga qandaydir ta'sir qiladi, deb o‘ylamayman», - deya aytib o‘tdi Groysman.
Shuningdek, bosh vazirning qayd etishicha, umumiy chegaralarga ega davlatlarda «qandaydir savdo aloqalari ham bor».
Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, ayni damda Ukraina TIV mamlakatning MDHdan chiqishi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlamoqda. Ular keyin vazirlar mahkamasida muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov Ukraina butun dunyoga Rossiyaga gibridli urushda qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha dars o‘tishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

18:12 / 13.03.2025
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?

16:25 / 13.03.2025