Toshkent viloyati imomlari Namanganga ta'ziyaga borishdi
Og‘ir kunlarda doimo bir-biriga yelkadosh bo‘lgan o‘zbek xalqi shu kunlarda Qozog‘istonda ro‘y bergan fojiadan halok bo‘lgan vatandoshlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, ta'ziya bildirishda davom etmoqda. Hatto qo‘shni va olis viloyatlardan ham kelib, bunday qayg‘uli kunlarida sherik ekanliklarini izhor qilishmoqda.

Zero, mo‘min-musulmonlar og‘a-ini ekanlari Qur'oni karimda ta'kidlangan: “Albatta, mo‘minlar dinda o‘zaro birodardirlar...” (Hujurot, 10).
Mana shu xitobni o‘zlariga shior qilgan Toshkent viloyati imom-xatiblari bosh imom-xatib Xayrullo Turmatov boshchiligida fojiada qurbon bo‘lganlarga hamdardlik bildirish uchun Namangan viloyatiga borishdi. Viloyatdagi har bir xonadonga kirib, mash'um fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga tilovati Qur'on o‘qib, duolar qilindi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib, ayol kishi tulg‘oq paytida vafot etsa, shahidlik maqomini topishini aytib, musibat egalariga tasalli berildi.
Imom-domlalar Yaratgan Parvardigordan halok bo‘lganlarning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘rashdi. Ularning oila a'zolari va yaqinlarining musibatlariga sherik ekanlarini bildirib, sabru jamil tilashdi.


Mavzuga oid

16:30
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025