Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi
Parijdagi marosimda hujjatni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari va Fransiya tashqi savdo vaziri imzolagan. Ikki mamlakat vakillari ushbu yo‘nalishdagi “yo‘l xaritasi”ni 2022 yilda ham tuzishgan edi.

Alstom Citadis X05 tramvayi. Fransiyaning Vitri-syur-Sen shahri / Foto: Alstom
O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi doirasida, Toshkent shahrida tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning xabar berishicha, “yo‘l xaritasi”ni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten imzolagan.

12 mart kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda e’lon qilingan bu yangilik haqida O‘zbekiston Transport vazirligi va poytaxt hokimligi bir kun o‘tgan bo‘lsa-da, xabar berganicha yo‘q – qo‘shimcha tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay liniyasini qurishi haqida ilk marta Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga 2022 yil noyabr oyidagi tashrifi vaqtida xabar qilingan edi.
O‘shanda ham bu loyihaga oid “yo‘l xaritasi” imzolagan, imzolovchilar – O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Fransiya tashqi savdo vaziri va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Olive Besht bo‘lgandi.
Alstom Toshkentda 9,1 km uzunlikdagi tramvay liniyasini qurishi, liniyada yo‘lovchi tashish hajmi kuniga 78 ming kishini tashkil etishi reja qilingandi. Qurilish boshlanishi 2024 yilning 2-choragiga mo‘ljal qilingan edi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholangan.
2024 yilda Alstom vitse-prezidenti Sasha Parne Toshkentda o‘tgan investitsiya forumida qatnashib, tramvayni Yangi Toshkentda qurish o‘zbek rasmiylari tomonidan ustuvor masala sifatida ko‘rilayotganini aytgandi. U O‘zbekiston poytaxtiga tramvayni qaytarish uchun transport tadqiqoti o‘tkazish kerakligini ta’kidlagan, shuningdek, eski tramvay yo‘nalishlarini tiklash masalasini “yaxshi g‘oya” deb atagandi.

2025 yilgi davlat dasturi loyihasida, sentabr oyigacha Toshkent shahrida tramvay liniyasini qurish loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi. Biroq dasturning prezident farmoni bilan tasdiqlangan yakuniy versiyasidan bu band o‘rin olmadi.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 1901 yildan boshlab otli tramvaylar, 1912 yildan boshlab esa elektr tramvay harakatlana boshlagan, 2016 yil may oyiga kelib shaharda tramvaylar faoliyatiga butunlay nuqta qo‘yilgan.
O‘sha vaqtgacha poytaxtda foydalanib kelingan tramvaylar hisobiga, 2017 yildan boshlab Samarqandda tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Avvalroq Samarqand tramvayining uchinchi yo‘nalishi ochilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

22:53 / 17.07.2025
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov

21:19 / 17.07.2025
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi

18:22 / 15.07.2025