6 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga qaytarildi
3 noyabr kuni RF Ichki ishlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bo‘limi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘limi xodimlari o‘zbekistonlik 6 yoshli Ruxshonani onasidan tortib olishgandi. Oradan 52 kun o‘tib, mutasaddilar qizaloqni o‘zining onasi, Feruza O‘tkirovaga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda yurist Botirjon Shermatov Kun.uz'ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, avvalroq, RF Oila kodeksining 77-moddasida ko‘rsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib olish huquqini yuzaga chiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga hech qanday tahdid yuzaga kelmagandi.
Shunga qaramay, Ruxshona Klindagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida ushlab turildi. Onaizorning aytishicha, ushbu markaz xodimlari bir necha bor uni haqorat qilishgan va tahqirlashgan, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi xodimi esa unga farzandini yaqin orada qaytarib qo‘liga ololmasligini aytib, tahdid qilgan. «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya markazida yashab turgan Ruxshonani ma'muriyat onasiga qaytarishni rad etib, qizaloqda musht va qo‘l izlari topilganini vaj qilib, Ruxshonani ekspertiza tekshiruvidan o‘tishini talab qilishgandi.
«Ekspertiza natijasidan so‘ng, go‘yoki, onasi tomonidan tan jarohati yetkazilgan kabi iddaolar o‘z tasdig‘ini topmadi. Uning ahvoli yaxshi va onasi bilan birga», deydi Botirjon Shermatov.
Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni Feruza O‘tkirova ko‘chaga o‘z ishlari bilan chiqib, qizalog‘ini to‘ng‘ich o‘g‘li (19 yoshli) bilan uyda qoldiradi. O‘g‘lini zudlik bilan ishxonasidan chaqirib qolishadi, u onasining uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, ishiga jo‘naydi. Aftidan, aka shoshganidan u uy eshigini qulflashni yodidan chiqaradi yoki Ruxshonaning o‘zi eshikni ocha oladi, lekin qizaloq ko‘chaga chiqqan va uni politsiya bo‘linmasiga olib ketishgandi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

11:08 / 20.07.2017
Shohimardonlik uch yoshli qizaloqning noyob iste'dodi barchani lol qoldirmoqda

22:53 / 24.05.2017
Qozog‘istonda qizaloq asfaltga yopishib qoldi

15:31 / 11.05.2017