Farg‘onada mahalliy xomashyodan sifatli oyna va shisha mahsulotlari yetkazib bermoqda

Foto: O‘zA
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi «Kvarts» aksiyadorlik jamiyati avtomobilsozlik, mebelsozlik, qurilish sanoati tarmoqlari uchun yuqori sifatli oyna va shisha mahsulotlari yetkazib beradi.
«O‘zqurilishmateriallari» AJ axborot xizmatining xabar berishicha, korxonada amalga oshirilgan keng ko‘lamli modernizatsiya ishlaridan so‘ng ishlab chiqarish hajmi ortib, ayni paytdagi sof daromad 2014 yildagiga nisbatan ikki barobar o‘sgan. Joriy yilda korxona ISO 9001:2015 va ISO-5001 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.
– Shishasozlikning asosiy xomashyosi kvars qumlari ilgari xorijdan keltirilar edi, – deydi korxona rahbari Akmal Po‘latov. – Navoiy viloyatidan kvars qumi topilgani tufayli mahsulotni mahalliy xomashyodan tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Shuningdek, bu yerda polietilen qop va plyonkalar, o‘rov qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda. Oynaga istalgan rangdagi turli tasvir va naqshlar tushirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025