Politsiya: «Las-Vegas mergani»ning 47 dona o‘qotar quroli bo‘lgan

© REUTERS / Las Vegas Sun/Steve Marcus
Las Vegas sherifi o‘rinbosari Kevin Makmexillning bayonot berishicha, 1 oktabr kuni odamlarni o‘qqa tutgan Stiven Peddokning 47 dona quroli bo‘lgan. Makmexill CBS telekanali efirga uzatgan matbuot anjumani chog‘ida shu haqda ma'lum qildi.
Poltsiya ma'lumotiga ko‘ra, qurollar uchta turli joylarda topilgan. Peddok o‘q uzgan mehmonxona xonasi va uyi shu jumladan. Qurollar AQShning 4 shtatidan xarid qiliingan. Politsiyachilarning aniqlik kiritishicha, Peddok qurollarni tezotar qurollarga aylantirgan.
Bundan tashqari, politsiyaning hikoya qilishicha, hujum qiluvchi otishma boshlanganidan 11 daqiqa o‘tgach halok bo‘lgan.
«Otishma haqidagi ilk qo‘ng‘iroq yakshanba kuni 22.08 da kelib tushdi. Gumonlanuvchi 22.19 da o‘lgan edi», — degan Makmexill.
Mavzuga oid

09:41
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025