Og‘riq qoldiruvchi yangi dori vositasi kashf qilindi
Olimlar og‘riqni xuddi opioidlardek bosuvchi, lekin ulardek o‘rganish keltirib chiqarmaydigan birikmani aniqlashdi. Ular ushbu kashfiyot haqida PNAS jurnaliga ma'lumot berishdi.
Rg1A moddasi Conus regius - konussimon dengiz shilliqurtining zaharidan olingan. Ushbu modda opioidlardan farqli o‘laroq, asab impulsining sinapslar orqali uzatilishi uchun mas'ul nikotin atsetilxolin retseptorlarga ta'sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, u og‘riqni bosmaydi, balki uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Hozircha mazkur vosita faqat jonivorlarda sinab ko‘rildi. U 72 soatga og‘riqdan xalos etishga qodir ekan. Ehtimol, u yig‘uvchi ta'sirga egadir. Olimlar bunga doir klinik sinovlarni davom ettirishmoqchi.
Mavzuga oid

15:43 / 12.03.2025
Internet tezligini pasaytiradi: issiqxona gazlarining yana bir zarari aniqlandi

14:18 / 01.03.2025
Olimlar Marsda qumli sohillarga ega bo‘lgan okean izlarini topdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

17:02 / 26.02.2025