Internet tezligini pasaytiradi: issiqxona gazlarining yana bir zarari aniqlandi
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi Yer atrofidagi past orbitada joylashgan sun’iy yo‘ldoshlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa internet uzatilishini cheklaydi.

Foto: Unsplash
Massachusets texnologiya instituti (MIT) olimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi Yer atrofidagi past orbitada joylashgan sun’iy yo‘ldoshlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Olimlar aniqlashicha, issiqxona gazlari chiqindilari atmosferaning yuqori qatlamlarini sovitib, ularning siqilishiga olib keladi. Bu esa havo qarshiligining kamayishiga sabab bo‘ladi va natijada kosmik chiqindilarning orbitada uzoqroq qolishiga sharoit yaratadi.
Hozirda sayyora yuzasidan 160 kilometrdan 2000 kilometrgacha balandlikda internet va navigatsiyani ta’minlaydigan 10 000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlar mavjud. Biroq termosfera zichligining pasayishi (u 80−90 km balandlikdan boshlanadi) tufayli kosmik chiqindilarning tabiiy tozalanishi sekinlashadi. Ko‘p sonli jismlarga ega bo‘lgan muhitda uchuvchi obektlarning to‘qnashuv xavfi ortadi.
NASAning “Aura” qurilmasi bilan bog‘liq holat bunday muhitda sun’iy yo‘ldosh ishdan chiqishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Monitoring bo‘limi mutaxassislari qurilma trayektoriyasi beqarorlashganini aniqlagan. Issiqxona gazlari miqdorining ko‘payishi atmosferaning yuqori qatlamlari harorati va zichligining o‘zgarishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida mazkur sun’iy yo‘ldosh orbitasiga ta’sir ko‘rsatgan.
Uzoq muddatli istiqbolda karbonat angidrid va metan Yer atmosferasida to‘planib boradi — ularning bunday uzoq vaqt atmosferada qolishi natijasida kelib chiqadigan iqlim o‘zgarishlari sun’iy yo‘ldosh aloqasi hamda internet qamroviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, ekstremal ob-havo sharoitlari sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladi, shuningdek yomg‘ir va bulutli havo ularning ishlashiga ta’sir etadi. Bu esa chekka hududlarda signal sifatini pasaytiradi va internet xizmatlarini cheklaydi.
Issiqxona gazlari chiqindilari taxminan 400 kilometr balandlikda atmosfera zichligini har o‘n yilda 2 foizga pasaytiradi. Vaziyat shu tarzda davom etsa, 2100 yilga kelib 200 kilometrdan 1000 kilometrgacha bo‘lgan balandliklarda xavfsiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar soni 50-66 foizga qisqarishi mumkin. Bu “to‘xtatib bo‘lmaydigan beqarorlik” holatiga sabab bo‘lishi, ya’ni to‘qnashuvlarning zanjirli reaksiyasi yuz berib, muayyan orbital hududlar foydalanishga yaroqsiz holga kelishi mumkin.
Bu muammoning oldini olish uchun issiqxona gazlari chiqindilarini nazorat qilish va koinotda ekologik holatni kuzatib borish zarur. Bunday choralar kelajakdagi sun’iy yo‘ldosh missiyalari uchun yer atrofida xavfsiz muhit yaratishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
-
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

12:17 / 28.06.2025
Rossiyada provayderlar ochiq internetga kirishni sekinlashtiryapti

22:21 / 18.06.2025
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

10:37 / 12.06.2025