AQShda migrantlar siyosati qisman soddalashtirildi

Foto:RIA
AQSh Ichki ishlar vazirligi seshanba kuni o‘z saytida ikki memorandumni chop etdi, ularda noqonuniy immigratsiya bilan kurashish siyosatiga izoh berilgan - xususan vazirlik migrantlarni qaytarish ishlarini soddalashtiruvchi bir qator choralar qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Memorandumlar soddalashtirilgan deportatsiya jarayoni joriy qilinadigan xorijliklar sonini oshiradi. Bu jarayon avval chegaradan 100 mildan kamroq masofaga yaqinlashgan va ikki hafta davomida AQShda bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanar edi. Endi esa gap AQSh hududiga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan va mamlakatda kamida ikki yil yashaganini isbotlay olmaydigan barcha xorijliklar haqida ketmoqda.
Bundan tashqari, "qo‘lga ol va qo‘yib yubor" norasmiy nomi bilan mashhur siyosatni qat'iylashtirish rejalashtirilmoqda.
Memorandumda mamlakatga ota-onasi tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan yuz minglab yoshlarga nisbatan siyosatning qa'iylashtirilishi haqida hech narsa deyilmagan. Bu avloddagilarning ko‘pchiligi AQShda voyaga yetgan bo‘lib, ular o‘zlarini amerikalik deb hisoblashadi, biroq hujjatlarda noqonuniy migrantligicha qolishgan. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ularni istagan vaqt mamlakatdan deportatsiya qilishlari mumkin.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27