Tramp: OAVning 93 foizi menga noxolis yondashmoqda

Foto: Reuters
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Amerikadagi aksariyat OAVlarini unga nisbatan noxolislikda aybladi.
«O‘ylashimcha, men haqimda e'lon qilinayotgan ma'lumotlarning 93 foizi salbiy mazmunga ega. Garchi, u aslida ijobiy xabar bo‘lsa ham salbiy ruhda yoritilmoqda», — degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u avvaldan omma ko‘z o‘ngidagi inson bo‘lganiga qaramay, bunday holatni qabul qila olmayapti. «Endi esa, sen nima qilsang ham hech biri biron ahamiyatga ega bo‘lmayapti», — deb uqdirgan respublikachilar nomzodi.
Tadbirkor, 2005 yilgi, teleboshlovchi Bill Bush bilan muloqotida ayollar xususida aytgan so‘zlari eshitilgan videoyozuvlarni «noqonuniy» deb atagan. Tramp The Washington Post gazetasi ushbu videoni e'lon qilganidan so‘ng, mamlakat ayollaridan videomurojaat orqali kechirim so‘ragan edi.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39