Obama Suriya inqiroziga oid yangi topshiriq berdi

Foto: Reuters/Carlos Barria
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda Suriyadagi vaziyat hamda IShID terrorchilik guruhini zaiflashtirish va batamom yo‘q qilish masalasi muhokama etilgan. Bu haqda, Oq uy matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Kengash yig‘ilishida prezident g‘arbiy Suriyadagi zo‘ravonliklar bo‘yicha ittifoqchilar hamda hamkorlar bilan olib borilayotgan muzokaralar, shuningdek, Asad tuzumining o‘z xalqiga nisbatan qo‘llayotgan qaqshatqich kampaniyasidan boxabar qilingan.
Prezident Obama Rossiya bilan ikki tomonlama aloqa kanallari uzilganiga qaramay, ushbu inqirozni hal etishda ishtirok etayotgan davlat bilan ko‘p tomonlama muzokaralarni davom ettirish natijasida uzoq muddat davomida zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish topshirig‘ini bergan.
Prezident shuningdek, AQShga terroristik hujumlarning oldini olish va IShID hamda "Al-Qoida"dan kelib chiquvchi tahdidlarga qarshi kurash ustuvor maqsad ekanini ta'kidlagan.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025