«AvtoVAZ» 2025-yilgacha bo‘lgan rejalarini ma'lum qildi

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi 2025-yilga kelib avtomobil bozoriga 8ta yangi modelni chiqarish rejasini e'lon qildi. Kompaniyaning Moskvada bo‘lib o‘tgan Automechanika-2016 ko‘rgazmasida ishtirok etgan rahbari Nikolya Mor shunday bayonot bergan, deb xabar qilmoqda «Avtostat».
2017-2019 yillarda «AvtoVAZ» ikkita yangi modelni taqdim etadi va 4ta modelining dizaynini o‘zgartiradi. Rossiyaning yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasi 2020-2022 yillarda 3ta yangi modelini bozorga chiqarish bilan birga bitta modelini restayling qiladi. 2023-2025 yillarda yana 3ta yangi model taqdim etilib, shunchasi yangilanadi.
«AvtoVAZ», bugun 24-avgustda ochilishi kutilayotgan Moskva avtosalonida oltita kontsept-karni namoyish etadi. Ulardan biri XCODE prototipi bo‘lib, u Lada Xray xetchbekining yo‘ltanlamas modelidir.
Yangi krossover Lada XRay rusumidan farqli ravishda barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘ladi. Uning kuzovi pastki qismi plastik himoya qobig‘iga ega bo‘ladi.
Yo‘ltanlamasga 1,8-litrli, 122 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:02 / 15.03.2025