O‘zbekiston | 12:30 / 18.07.2025
1114
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot o‘tkazadi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston milliy meros va madaniyat vaziri Avrangzeb Xan Xichi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida madaniy hamkorlikni kengaytirish, ikki xalq o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash va amaliy loyihalarni ilgari surish borasida fikr almashildi.  Tomonlar O‘zbekiston va Pokiston madaniyati kunlarini tashkil etish, Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Pokiston delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qildilar.

Madaniyat sohasidagi hamkorlikning huquqiy asosini takomillashtirish, Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, tarixiy va ma’naviy yaqinlik asosida do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash sari qo‘yilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Mavzuga oid