Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi
"Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2025–2026 yillarda:
a) Mo‘g‘ulistonning yirik savdo markazlarida “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasini tashkil etadi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilib, kelgusida boshqa davlatlarga reeksportni amalga oshiradi;
b) Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida O‘zbekiston mahsulotlari stendini tashkil etib boradi;
v) O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyini tashkil etadi;
g) Mo‘g‘ulistonning importchi korxonalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etgan holda biznes uchrashuvlar o‘tkazadi.
Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:
a) 2025 yil yakuniga qadar O‘zbekiston to‘qimachilik fabrikalarida dastlabki bosqichda sinov tariqasida aralash ip va mato ishlab chiqarish uchun Mo‘g‘ulistondan “O‘zsanoateksport” AJ orqali markazlashgan holda mayin jun va kashemir olib kelish. Bunda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ushbu maqsadlar uchun “O‘zsanoateksport” AJga uning buyurtmanomasiga asosan belgilangan tartibda mablag‘ ajratadi;
b) 2026 yil yakuniga qadar Mo‘g‘ulistondan import qilingan mayda shoxli mollardan olinadigan junni qayta ishlash bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning Mo‘g‘ulistonning kashemir ishlab chiqarish va to‘qimachilik korxonalarida malakasini oshirgan holda junni qayta ishlash korxonasini tashkil etish.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
Mavzuga oid

11:32 / 18.07.2025
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi

14:08 / 14.07.2025
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin

09:46 / 02.07.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda

19:40 / 28.06.2025