Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi
Fransiya va Italiya Ukraina uchun Amerika qurollariga to‘lovda ishtirok etishdan bosh tortdi. Chexiya Kiyevga yordam ko‘rsatishning boshqa shakllariga e’tibor qaratmoqchi.

Foto: AP
Yevropaning NATOga a’zo uch davlati – Fransiya, Italiya va Chexiya Ukraina uchun Amerika qurollariga pul to‘lash tashabbusida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda turli g‘arb nashrlari o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Politico nashrining yozishicha, Fransiyaning salbiy pozitsiyasi mamlakat prezidenti Emmanuel Makron uzoq vaqtdan beri yevropaliklar ichki xaridlar orqali o‘z mudofaa sanoatini rivojlantirishni ta’kidlab kelayotgani bilan izohlanadi. Shu bilan birga, Fransiya hukumati budjet taqchilligi bilan kurashishga urinishlar fonida o‘zining mudofaa xarajatlarini oshirishda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.
Xuddi shu sabab — budjet tufayli Italiya xaridlar uchun to‘lov tashabbusiga qo‘shilishni istamaydi. Italiya Mudofaa vazirligidagi manbalar La Stampa nashriga bergan intervyusida: «Italiyaning deyarli hech qanday budjet imkoniyati yo‘q. Bu yerda Amerika qurollarini sotib olish haqida hech qachon gap ochilmagan», dedi.
Chexiya bosh vaziri Petr Fiala ham uning mamlakati Ukraina uchun Amerika qurollarini sotib olishda ishtirok etish niyatida emasligini aytdi. «Chexiya Chexiyaning o‘q-dorilar tashabbusi kabi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning boshqa loyihalari va yo‘llariga e’tibor qaratmoqda. Shu sababli, hozirgi bosqichda biz ushbu dasturda ishtirok etishni o‘ylamaymiz», dedi u Publico uchun izohida.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

18:33
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak

18:20
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos

15:12
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak

11:08