Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya dronlari Odessani, Ukraina Bryanskdagi arsenalni o‘qqa tutdi
Odessada Rossiya dronlari hujumi oqibatida er-xotin halok bo‘lib, 17 kishi yaralangan.

Foto: Tim Melnikov
Ukraina
Rossiya qo‘shinlari 28 iyunga o‘tar kechasi Odessaga dronlar bilan hujum qildi. Dron urilishi oqibatida 21 qavatli uyning bir necha qavatidagi kvartiralarda yong‘in chiqqan. Oilaviy juftlik halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan kvartiralardan biridan ularning jasadlarini olib chiqqan. «Suspilne»ning yozishicha qurbonlar Mixaylovskiy litseyi o‘qituvchisi Katerina Borsinskaya va uning turmush o‘rtog‘i Valentin.
Odessa oblasti prokuraturasi ma’lum qilishicha, Rossiya dronlari hujumi oqibatida xususiy uydagi xo‘jalik binolari, ma’muriy bino, xususiy korxonaning omborxonalari, ishlamayotgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosi va avtomobillarga ham zarar yetgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 17 kishi, jumladan uch, yetti va 14 yoshli bolalar jabrlangan.
Rossiya
Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi dronlar Bryanskdagi arsenalga hujum qilganini ma’lum qildi
Ukraina dronlari 28 iyun kuni ertalab Bryanskdagi harbiy obektlarga zarba berdi, deb yozadi «Ukrainskaya pravda» mamlakat mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasidagi manbalariga tayanib.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar Rossiya mudofaa vazirligi Bosh raketa-artilleriya boshqarmasining 120-arsenal obektlariga zarba bergan. Zarar ko‘lami aniqlashtirilmoqda.
Bryanskdagi nashrlarda shahardagi portlashlar haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bryansk oblasti rahbari Aleksandr Bogomaz 28 iyun kuni o‘z telegram-kanalida region hududida «topilgan va yo‘q qilingan» dronlar haqida uchta xabar e’lon qilgan. Bogomazning postlaridan ma’lum bo‘lishicha, Bryansk oblasti ustida jami 11 ta dron urib tushirilgan. Qqurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligi aytilgan.
Qrimdagi Rossiya harbiy aerodromi hududida yong‘inlar qayd etildi. UXX dronlar hujumi muvaffaqiyatli bo‘lganini ma’lum qilgan
Ukraina Xavfsizlik xizmati 28 iyunga o‘tar kechasi Qrimdagi Kirovskiy harbiy aerodromiga zarba berdi. UXX xabarida ta’kidlanishicha, uchta vertolyot – Mi-8, Mi-26 va Mi-28 hamda «Pansir-S1» zenit raketa-to‘p kompleksini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.
«Krimskiy veter» telegram-kanali obunachilari va sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib, aerodrom hududida yong‘inlar qayd etilganini ma’lum qildi.
Rossiya mudofaa vazirligi 28 iyunga o‘tar kechasi Qrim hududi ustida to‘qqizta dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Rossiya harbiy idorasi Kirovskiyga berilgan zarba haqidagi xabarlarga izoh bermadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
Mavzuga oid

23:38
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30