Ta’lim | 11:55 / 11.07.2025
1036
1 daqiqa o‘qiladi

Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi

Akademik litseylarga qabul jarayonlari kecha, 10 iyul kuni yakunlandi. 9-sinf bitiruvchilari tomonidan jami 49 ming 362 ta ariza yuborildi.

Foto: Kun.uz

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 134 ming 568 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 1 ming 370 ta ariza kelib tushgan. Qabul 25 iyulgacha davom etadi.

Shuningdek, magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 373 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul kecha tunda ochildi. Bungacha 2 ming 70 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10 avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15 iyuldan boshlanib, 5 avgustgacha davom etadi.

Mavzuga oid