Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Keniyadagi norozilik namoyishlarida fuqarolar halok bo‘lganidan xavotirda
BMT IHOKB mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirib, tinch namoyish o‘tkazish huquqlarini hurmat qilish zarurligini ta’kidladi.

Foto: AP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) Keniyadagi ommaviy namoyishlar chog‘ida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi xabarlardan chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda boshqarma matbuot kotibi Liz Trossel bayonot berdi.
«Biz Keniyada chorshanba kuni namoyishlar chog‘ida namoyishchilar va politsiya xodimlari orasida ko‘plab jabrlanganlar qayd etilgani, shuningdek, ayrim namoyishchilarning o‘limi haqidagi xabarlardan chuqur xavotirdamiz», dedi Trossel.
Namoyishchilarning o‘qdan yaralangani haqidagi xabarlar ayniqsa xavotirga soladi, deydi u.
Trosselning ta’kidlashicha, boshqarma Keniya mustaqil politsiya nazorati organining voqea yuzasidan tergov boshlash haqidagi bayonotini e’tiborga olgan.
U odil sudlovni ta’minlash va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun tergov tezkor, har tomonlama, mustaqil va shaffof bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
IHOKB vakili barcha tomonlarni xotirjamlik va vazminlikka chaqirib, tinch yig‘ilishlar va so‘z erkinligi huquqi qonun ustuvorligining poydevori ekanligini va barcha tomonidan himoya qilinishi kerakligini eslatdi.
O‘tgan yili soliq islohotiga qarshi noroziliklarning bir yilligi munosabati bilan politsiya zo‘ravonligi va mamlakatdagi yomon boshqaruvga qarshi namoyishlar natijasida 16 kishi halok bo‘lgan edi.
2024 yil 25 iyun kuni o‘n minglab odamlar soliqlarni oshiradigan qonun loyihasiga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi.
Namoyishlar chog‘ida parlament binosi egallab olindi, politsiya o‘t ochishi natijasida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

18:56 / 04.07.2025