O‘zbekiston | 21:21 / 27.06.2025
6574
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Minskda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv Minskdagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Minskdagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida YeOII huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi. O‘zbekiston prezidenti nutqida YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mavzuga oid