Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent bosqinining 160 yilligi mavzusida ilmiy yig‘in o‘tkazildi
Fanlar akademiyasida Rossiya imperiyasi tomonidan 1865 yilda Toshkent shahrining ishg‘ol qilinishi bilan bog‘liq tarixiy materiallarga bag‘ishlangan ilmiy tadbir o‘tkazildi.

Foto: O‘zA
Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari tomonidan «Toshkent bosqinining 160 yilligi: haqiqat va uydirmalar» mavzusida ilmiy yig‘in o‘tkazildi. Tadbir bundan 160 yil avval – 1865 yil iyun oyida Toshkentda Rossiya imperiyasi harbiy kuchlariga qarshi kurashga bag‘ishlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lumki, Turkistonning eng keksa va muhim harbiy-siyosiy, iqtisodiy markazlaridan sanalmish Toshkentni qo‘lga kiritishni 1864 yil 1 oktyabrda boshlagan yovuz dushman 1865 yil 29 iyunida o‘z qabih niyatiga erishgan – to‘qqiz oy deganda Toshkentni egallagan.
Mustamlaka davrida ushbu qonli oylar bir tomonlama – bosqinchilar manfaati nuqtai nazaridan o‘rganilgan va yoritilgan. Bu borada turli nayranglar qo‘llanib, toshkentliklarning yursevarligi va botirligi, butun xalq – yosh-u qari, erkak-u xotin-qizlarning dushmanga qarshi ayovsiz qarshiligi yerga urilib, turli yasama nazariya va vajlar o‘rtaga tashlanib, mustamlakachi davlatning bosqinchilik siyosatini oqlashga tirishib kelingani tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum.
Fanlar akademiyasi Tarix institutida o‘tkazilgan ilmiy yig‘indan bosh maqsad - bu borada yig‘ilib qolgan fikr-mulohazalar, so‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar, mavzu manbashunosligi, yangicha ilmiy yondashuvlar bo‘yicha qarashlar, muammolarni o‘rtaga tashlashdan iborat bo‘ldi.
Ilmiy yig‘inni ochib bergan institut direktori, akademik Azamat Ziyo kun tartibidagi mavzu ilmiygina emas, siyosiy mazmunga ham egaligi, bosqin va unga qarshi kurashni shunchaki tarixiy voqea emas, balki bosqinchilarning chin tabiati va xalqimizning erkinlik tuyg‘usi nuqtai nazarlaridan o‘rganish va yoritish kerakligi, Rossiya imperiyasining Turkistonga tajovuzini oqlash bo‘yicha singdirib kelinayotgan turli «ilmiy-nazariy» nayranglarni ochib tashlash zaruratiga urg‘u berdi.
«Toshkent bosqinining 160 yilligi: haqiqat va uydirmalar» ilmiy yig‘inida bildirilgan ilmiy qarashlar, fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni tarixiy bilimlar bilan qurollantirish, yurt uchun kuyunib yashash, tinchlik-osoyishtalik, ozodligimizni ko‘z qorachig‘idek saqlashdek muqaddas burchni bajarishga xizmat qilishi aniq», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

10:00
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

21:33 / 12.07.2025