Jahon | 21:17 / 25.06.2025
1898
1 daqiqa o‘qiladi

Farzandini maktabga yubormayotgan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish taklif etildi

Rossiyada ota-onalar bolaning ta’lim olish huquqini buzgani uchun o‘z huquqlaridan mahrum etilishi mumkin.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Inson huquqlari kengashi (SPCh) rahbari Valeriy Fadeyev bolalari maktabga bormayotgan chet el fuqarolarini Rossiyadan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi Rossiyada ham ota-onalar bolaning ta’lim olish huquqini buzgani uchun o‘z huquqlaridan mahrum etilishi mumkin. Ammo xorijliklar Rossiyaga kelib, «farzandlarini maktabga berishni zarur deb hisoblamaydilar».

Kengash matbuot xizmati, shuningdek, Rossiyada 785 mingdan ortiq voyaga yetmagan chet el fuqarolari bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayangan.

Shu bilan birga, maktablarda ta’lim olayotgan chet ellik bolalar soni 192,2 ming nafarni (jami 24,5 foiz) tashkil etadi.

Mavzuga oid