Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumini «juda zaif» deb atadi
AQSh prezidenti Tehronga AQShning Qatardagi Al-Udeyd bazasiga hujum haqida erta ogohlantirgani uchun minnatdorchilik bildirdi va Eron va Isroilni tinchlikka chaqirdi.

Foto: Stringer/REUTERS
Eron AQShning o‘z yadroviy inshootlarini yo‘q qilishiga «juda zaif javob» berdi. Bu javob Vashington tomonidan kutilgan edi va u «juda samarali» qaytarildi. Amerika prezidenti Donald Tramp shu so‘zlar bilan 23 iyun, dushanba oqshomida Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Islom Respublikasining Qatardagi AQShning Al-Udeyd aviabazasiga uyushtirgan hujumiga izoh berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bazaga 14 ta raketa uchirilgan: ulardan 13 tasi urib tushirilgan, yana biri havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan «o‘tkazib yuborilgan», chunki u «xavfsiz yo‘nalishda» uchgan.
«Birorta amerikalik jabrlanmagani va deyarli hech qanday zarar ko‘rmagani haqida xabar berishdan mamnunman», — deya qo‘shimcha qildi Tramp. Shu bilan birga, u Eronga hujum haqida erta ogohlantirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. «Balki Eron mintaqada tinchlik va hamjihatlik sari intilishi mumkindir va men Isroilni ham shunday qilishga undashdan xursandman», dedi AQSh prezidenti.
Ayni paytda, Qatar Eronning harakatlarini izohlar ekan, Islom Respublikasining amirlik hududida joylashgan AQSh bazasiga hujumiga javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirdi. «Ikki davlat (Eron va Qatar) va ikki xalq o‘rtasida chuqur aloqalar mavjud, biroq hujum, albatta, haqiqiy uchrashuv va aniq pozitsiyani talab qiladi», — deya Qatar TIV matbuot kotibi Majid bin Muhammad al-Ansoriy so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.
Avvalroq u Qatar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi Islom Respublikasining «hujumini muvaffaqiyatli qaytargani» va Eron raketalarini tutib olganini ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Telegramʼda Tehronning Qatardagi AQShning Al-Udeyd bazasiga hujumi «AQShning Eron hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qarshi tajovuzkorligiga javob» ekanini ta’kidladi.
Xabar e’lon qilingan vaqtga kelib Qatar Eronning AQSh bazasiga hujumi ortidan yopilgan havo hududini ochgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
O‘zbekiston | 15:21
-
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi
Jahon | 15:10
-
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

23:05 / 11.07.2025