O‘zbekiston | 13:20 / 23.06.2025
4777
2 daqiqa o‘qiladi

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

Payshanba kuni respublikaning barcha hududlarida harorat pasayishi kuzatiladi. Hududning katta qismida harorat +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi.

23-25 iyun kunlari havo harorati kunduz kunlari +38...+41, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42...+44 darajagacha ko‘tariladi.

Bu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Navoiy viloyati shimolida 24-25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 25 iyunda harorat +26...+31 darajagacha pasayadi.

Payshanba kuni respublikaning barcha hududlarida haroratning pasayishi kuzatiladi. Hududning katta qismida harorat +30...+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Juma kuni harorat biroz ko‘tariladi va +33...+36, ba’zi joylarda +38 darajani tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 25-26 iyunda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

23 iyunda Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li hududlarida, 26 iyunda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

23-25 iyun kunlari harorat asosan kunduzi +38...+41 daraja bo‘ladi, 26 iyunda +31...+33 darajagacha pasayadi, 27 iyunda +34...+36 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid