Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertlar: Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan kemaga qarshi harakatlari xalqaro qonunlarga ziddir
«Anadolu» York universiteti huquq fakulteti o‘qituvchisi Heydi Metyus va Abu-Dabi Nyu-York universitetidan Jinan Bastaki bilan suhbatlashdi.

Foto: Anadolu Agency
Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan Madleen kemasini to‘xtatishi xalqaro huquqning buzilishi va urush jinoyati hisoblanadi.
Bu haqda York universiteti huquq fakulteti o‘qituvchisi Heydi Metyus va Abu-Dabi Nyu-York universitetidan Jinan Bastaki «Anadolu» bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kema xalqaro suvlarda suzib ketayotganda qo‘lga olingan.
«Isroil G‘azoning qonuniy dengiz blokadasi bir qismi sifatida kemani to‘xtatib turish huquqiga ega ekanini da’vo qilmoqda. Agar blokada qonuniy bo‘lsa, Isroil nazariy jihatdan uni xalqaro suvlarda qo‘llash huquqiga ega bo‘lardi. Biroq, bu faqat ma’lum sharoitlarda mumkin bo‘ladi, masalan, kema haqiqiy xavf tug‘dirsa yoki bu transport vositasida harbiy harakatlarga samarali hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘lsa», — deya tushuntirdi Heydi Metyus.
Bundan tashqari, agentlik suhbatdoshi Isroilning G‘azo blokadasi mutlaq noqonuniyligini ta’kidladi. «Ushbu blokadadan maqsad tinch aholi o‘rtasida qasddan ocharchilikni keltirib chiqarishdir, bu esa jamoaviy jazo va harbiy jinoyat hisoblanadi».
Metyus Xalqaro jinoiy sud (XJC) Isroilning ochlikdan qurol sifatida foydalangani va bu bilan urush jinoyati sodir etgani haqida asosli da’vo qilganini eslatdi.
Madleen Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tganini ta’kidlab, u mamlakat «bayroqli davlat sifatida o‘z huquqlarini himoya qilishi» kerakligini ta’kidladi.
Jinan Bastaki, o‘z navbatida, BMTning Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi navigatsiya erkinligini kafolatlashi hamda ochiq dengizda fuqaro va tinch kemalarni to‘xtatishni taqiqlashini eslatdi.
«To‘rtinchi Jyeneva konvensiyasi insonparvarlik yordamining erkin o‘tishiga ruxsat berish majburiyatini ko‘zda tutadi. Gumanitar qonunchilik gumanitar yordam operatsiyalariga aralashishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, XJS tinch aholining ochlikdan o‘lishi uchun jinoiy javobgarlikka tortadi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oz miqdorda gumanitar yordam olib ketayotgan kichik kemaning to‘xtatilgani Isroilning «genotsid niyati» borligini ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025