Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grossi: Natanz yadro zavodining sentrifugalari shikastlangan
Isroil hujumlari natijasida Isfahondagi yadro markazida to‘rtta bino zarar ko‘rdi. Eron yadroviy dasturi uchun kalit bo‘lgan Fordodagi uranni boyitish bo‘yicha yerosti zavodi zarar ko‘rmagan, dedi AEXA rahbari.

Foto: AP
Eronning Natanz shahridagi uranni boyitish zavodidagi sentrifugalar Isroil zarbalari natijasida «agar to‘liq vayron bo‘lmagan bo‘lsa, jiddiy shikastlangan», dedi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Grossi 16 iyun, dushanba kuni Britaniyaning BBC mediakompaniyasiga.
Grossining so‘zlariga ko‘ra, Natanzdagi sentrifugalarning shikastlanishi, ehtimol, elektr ta’minotidagi uzilishlar natijasida bo‘lgan va stansiyaning yerusti qismi zarbalar natijasida «butunlay vayron bo‘lgan». Biroq sentrifugalar joylashgan yerosti zaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilmagan, dedi AEXA rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil zarbalari natijasida Isfahon yadro markazidagi to‘rtta bino vayron bo‘lgan. Biroq, Fordodagi uranni boyitish bo‘yicha yerosti zavodi, aftidan, zarar ko‘rmagan.
AEXA 14 iyun kuni uran 60 foizgacha boyitilgan Natanzdagi obektda radiologik va kimyoviy ifloslanish aniqlangani haqida xabar berdi. Grossining so‘zlariga ko‘ra, Isroil zarbalari obektning energiya infratuzilmasi, jumladan, zaxira generatorlarini yo‘q qilgan. Biroq, zavoddan tashqarida radiatsiya darajasi normal chegaralarda qoldi.
Shu kuni agentlik Isroilning zarbalari natijasida Isfahondagi yadro markazida uranni qayta ishlash zavodi va yonilg‘i plastinalari ishlab chiqaruvchi zavodga zarar yetganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

20:08 / 12.07.2025