Tramp: Eron va Isroil o‘rtasidagi kelishuv uchun vaqt keldi
Eron va Isroil o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishish vaqti keldi, lekin ba’zida «avval kurashib ko‘rish» kerak bo‘ladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

Foto: REUTERS/Ken Cedeno
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil kelishuvga erishib, harbiy harakatlarni to‘xtata olishiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, kelishuvga erishiladi. O‘ylaymanki, kelishuv vaqti keldi va biz nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ba’zan, birinchi navbatda, kurashib ko‘rish kerak, lekin nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi u 15 iyun, yakshanba kuni Kanadadagi G7 sammitiga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.
Oq uy rahbari Qo‘shma Shtatlar Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlashda davom etish niyatida ekanini ma’lum qildi. Biroq Amerika rahbari mamlakatning Eronga zarbalarini to‘xtatishni so‘ragani yoki so‘ramagani haqida ma’lumot bermadi.
Eron va Isroil Hindiston va Pokiston misolida harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzishi kerak, deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. O‘z postida Oq uy rahbari birinchi prezidentlik davrida Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi mojaroning urushga aylanib ketishining oldini olganini aytdi. Bundan tashqari, Tramp Misr va Efiopiya o‘rtasidagi tinchlikni o‘zining xizmatlari bilan bog‘ladi.
«Xuddi shunday, biz tez orada Isroil va Eron o‘rtasida tinchlikka erishamiz! Hozir ko‘p telefon qo‘ng‘iroqlari va uchrashuvlar bo‘lyapti. Men juda ko‘p ish qilyapman, lekin buni hech qachon gapirmayman – odamlar tushunyapti», deb yozadi u. AQSh prezidenti o‘z postining oxirida Yaqin Sharqqa buyuklikni qaytarishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi
Jamiyat | 22:21
-
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi
O‘zbekiston | 21:59
-
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 21:49
-
Rossiya dronlari yana Ukrainadagi harbiy komissariatlarga hujum qilmoqda
Jahon | 21:45
Mavzuga oid

17:10
AQSh rasmiylarida Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati» yo‘q – OAV

16:59
Tramp BRIKSning «anti-amerika» siyosatini qo‘llayotgan davlatlarga boj bilan tahdid qildi

13:55
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

10:58