Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
To‘garak to‘lovining 80 foizi davlat budjetidan, 20 foizi o‘quvchining ota-onasi tomonidan to‘lanadi.
Hukumat qarori bilan «Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’limga jalb qilish hamda o‘qitish xarajatlarining 80 foizini davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ayrim toifadagi o‘quvchilar Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.
O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.
O‘quvchilarning ota-onalari hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish YaIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha 1 nafar o‘quvchiga har bir to‘garak uchun 1 oylik to‘lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:
7-11 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHM 1 baravaridan;
12-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun umumta’lim fanlari, 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun xorijiy til yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHM 2 baravaridan;
15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun BHM 4 baravaridan.
To‘garak to‘lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o‘quvchining ota-onasi tomonidan to‘lanadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

18:11 / 03.07.2025
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

21:17 / 25.06.2025
Farzandini maktabga yubormayotgan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish taklif etildi

17:14 / 16.06.2025
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

22:45 / 11.06.2025