Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda
Isroilda Eronning Fordodagi yerosti uran boyitish zavodini yo‘q qilish uchun zarur bo‘lgan bunkerga qarshi bombalari va yirik bombardimonchi samolyotlari yo‘q.

Foto: Jack Guez/AFP via Getty Images
Isroil so‘nggi 48 soat davomida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini Eronga qarshi uning yadroviy dasturini yo‘q qilish uchun harbiy harakatlarga qo‘shilishga chaqirmoqda, deb xabar berdi Axios 14 iyun, shanba kuni Isroildagi ikki yuqori martabali manbaga tayanib.
Isroilda Eronning Fordodagi yerosti uran boyitish zavodini yo‘q qilish uchun zarur bo‘lgan bunkerga qarshi bombalari yoki yirik bombardimonchi samolyotlari yo‘q. Axios ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar ikkalasiga ham ega va harbiy samolyoti parvozi masofasi ham bunga imkon beradi.
Nashrning ta’kidlashicha, hatto bitta obektni bombardimon qilish orqali Qo‘shma Shtatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga tortiladi. Boshqa tomondan, Fordo zavodi ishlashda davom etsa, Isroilning Eron yadro dasturini butunlay yo‘q qilish maqsadiga erishib bo‘lmaydi.
13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Erondagi nishonlarga, jumladan Tehrondagi obektlar va yadro markazlariga kuchli zarbalar bera boshladi. Ertasi kuni ham zarbalar davom etdi. Oqibatda Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy, Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy va boshqa bir qator yuqori martabali generallar, shuningdek, yadroshunos olimlar halok bo‘ldi. Umuman olganda, Isroilning zarbalari natijasida o‘nlab odamlar hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi Eron.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

17:41 / 06.07.2025
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi

16:07 / 06.07.2025
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi

15:19 / 06.07.2025
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda

11:10 / 06.07.2025