Suv - ne’mat, to‘lov - burch. Oilangizni suvsiz qolishdan asrang
Bugun yer yuzidagi 2 milliarddan ortiq odam toza ichimlik suviga doimiy yetib borolmaydi. Afrika, Yaqin Sharq va Osiyoning ba’zi mintaqalarida odamlar har kuni suv uchun kilometrlab yo‘l bosishga majbur.
O‘zbekistonda hozircha ichimlik suvi barcha uchun mavjud – 24/7 rejimda xonadonimizga suv keladi. Ammo buning uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida qilish va suvdan tejamkorlik bilan foydalanish talab qilinadi. Chunki bu ne’matdan oqilona foydalanmasak, u ham yaqin orada yetishmasligi mumkin
BMT 2025 yilga borib dunyo aholisining yarmidan ko‘pi suv tanqisligiga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ilmiy tadqiqotlar esa toza ichimlik suvi — kelajakda eng qimmat va strategik resurslardan biriga aylanishini ta’kidlamoqda.
Toshkent shahar suv ta’minoti AJ bergan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda korxona hamda aholi o‘rtasida ichimlik va oqova suv xizmati uchun to‘lovlar bo‘yicha turli kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ayrim xonadon yoki tashkilotlardan debitor qarzdorlikni undirish maqsadida mahalliy reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, bu jarayonda ta’minotchi xodimlarga nisbatan turli qarshiliklar ko‘rsatilmoqda. Jumladan, inspektorlarni quvib yuborish, haqorat qilish yoki to‘lovdan bo‘yin tovlash maqsadida nayranglarga qo‘l urish holatlari bot-bot qayd etilyapti.
Aslida amaldagi me’yorlarga ko‘ra, hududiy inspektorlar iste’molchilardan naqd pul qabul qilmaydi. Barcha to‘lovlar rasmiy kanallar — kassa bo‘limlari, mobil ilovalar yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi lozim.
Bugungi kunda ichimlik suvi uchun to‘lovni amalga oshirishda uydan chiqish shart emas. “Click”, “Payme”, “Paynet” kabi ilovalar orqali to‘lov qilish juda sodda va qulay. Biroq shunga qaramay, ichgan suvi uchun haq to‘lashni unutgan, mas’uliyatni chetga surib qo‘ygan iste’molchilar soni kamaymayapti.
Reyd tadbirlari davomida qarzi yuqori bo‘lgan ba’zi iste’molchilarning suv quvurlari markaziy tarmoqdan uzilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, quvur qayta ulanganda, iste’molchidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarida jarima undiriladi.
Unutmang, har bir iste’molchi har oyning 10-sanasigacha to‘lovni oldindan amalga oshirishi lozim. Ammo amalda ko‘p hollarda to‘lov faqat og‘zaki eslatmalar, murojaatlar va hatto tazyiqlardan so‘ng amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Ichimlik va oqova suv xizmati uchun o‘z vaqtida to‘lov qilish bu —tizim barqarorligini ta’minlab, xizmatlar sifatini yaxshilashga yo‘l ochadi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57 / 07.07.2025
Mavzuga oid

21:09 / 20.02.2024
Suv quvurlari muzlaganda nima qilish kerakligi tushuntirildi

11:56 / 14.10.2023
«Suvtekin» suv: arzimagan bahoga ega suvning tejalishiga erishib bo‘lmaydi

21:43 / 28.08.2023
Ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar ma’lum qilindi

20:12 / 07.08.2022