Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Chilonzor tumanining qator ko‘chalarida 10 iyun kuni soat 16:00 dan boshlab, tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Chilonzor tumanining qator ko‘chalarida soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Vaqtinchalik yopiladigan ko‘chalar:
- Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota—Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor—Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi — KHAYdan—Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:
- Alisher Navoiy—Furqat ko‘chalari chorrahasidan;
- Sebzor—Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan;
- Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushish;
- Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan;
- Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan;
- Qatortol—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
- Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
- Bunyodkor-KHAY ko‘chalari chorrahasidan;
- Bunyodkor 2-darajali yo‘li—Qatortol ko‘chalari chorrahasidan;
- Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
- Bunyodkor—Gavhar ko‘chalari chorrahasidan;
- THAY—Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan;
- «Erkin» YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari va Cho‘ponota—Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.
«Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

13:11 / 14.07.2025