Rossiya Mudofaa vazirligi bir haftada 13 ta aholi punkti nazoratga olinganini ma’lum qildi
Xarkiv viloyatidagi Kodrashovka aholi punkti «Zapad» kuchlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida» nazoratga olindi - Rossiya Mudofaa vazirligi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Xarkiv viloyatidagi Kondrashovka aholi punkti Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tganini ma’lum qildi. Bu haqda 30 may, juma kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kodrashovka aholi punkti «Zapad» kuchlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida nazoratga olindi», — deyiladi Rossiya idorasi xabarida.
Hammasi bo‘lib 24-30 may kunlari 13 ta aholi punkti rus qo‘shinlari nazoratiga o‘tdi: Sumi viloyatidagi Loknya, Vladimirovka, Belovodiy va Konstantinovka, Xarkiv viloyatidagi Stroyevka va Kondrashovka, Donetsk viloyatidagi Stupochki, Romanovka, Staraya Nikolayevka, Gnatovka, Shevchenko, Otradnoye va Zelenoye Pole», deyiladi Mudofaa vazirligi hisobotida.
«Joriy yilning 24-30 may kunlari Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududida fuqarolik nishonlariga samolyot tipidagi zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlar va G‘arbda ishlab chiqarilgan raketalardan foydalangan holda amalga oshirgan ommaviy hujumlariga javoban Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina mudofaa sanoatining yuqori aniqlikdagi qurollari korxonalariga beshta guruhli va ikkita ommaviy zarbalar berdi», — deyiladi xabarda.
Zarbalarning maqsadlariga erishildi. Idoraning ta’kidlashicha, barcha belgilangan harbiy obektlar zarbaga uchragan.
«Bir hafta davomida havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina Havo kuchlarining MiG-29 samolyotini, 30 ta JDAM boshqariladigan havo bombalarini va AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS tizimining 16 ta raketasini, shuningdek, samolyot tipidagi 1439 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi, shu jumladan, 907 tasi maxsus harbiy operatsiya zonasidan tashqarida yo‘q qilindi», deya qo‘shimcha qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin» - prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida
O‘zbekiston | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi- turizm va ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun yangi yo‘nalish
O‘zbekiston | 11:00
-
Hisorakda 1,5 mln dollarga kichik GES qurildi
O‘zbekiston | 10:56
-
7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi
O‘zbekiston | 10:55
Mavzuga oid

11:09
Nabiullina: Rossiya iqtisodiy o‘sishi uchun ko‘plab resurslar tugadi

09:54
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning bir qancha shaharlariga havodan hujum qildi

01:53
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi

16:00 / 19.06.2025