Jahon | 20:56 / 30.05.2025
4883
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada IShID faollashgani ma’lum bo‘ldi

Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin IShID birinchi hujumlarni amalga oshirgani ta’kidlanmoqda.

Suriya hukumat kuchlari / Foto: Reuters

«Islomiy davlat» (IShID) terrorchilik guruhi shu hafta boshida Suriya hukumat kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirganini e’lon qildi, deb xabar berdi Associated Press (AP).

Agentlikning qayd etishicha, bu Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyingi birinchi hujumlar bo‘lib, ular uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Terrorchilar 29 may kuni o‘rnatgan bomba portlashi oqibatida yetti nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgani yoki yaralanganini da’vo qilmoqda.

Bundan tashqari, shu hafta boshida yana bir bomba portlashi oqibatida Suriya milliy armiyasidan bir militsioner halok bo‘ldi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni ham IShID o‘z zimmasiga oldi.

Har ikkala terakt ham Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida sodir etilgan. 2024 yil noyabr oyi oxirida Suriya muxolifatining qurolli tuzilmalari Suriya armiyasi pozitsiyalariga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi va 8 dekabr kuni Damashqqa kirdi. Bashar Asad Suriya prezidenti lavozimini va mamlakatni tark etib, Rossiyada qo‘nim topdi.

Mavzuga oid