FLAVIS - Yangi ta’m, yangi did, yangi bosqich
“Family group” kompaniyasi yana bir yangilikka qo‘l urdi. Kompaniya Flavis brendi orqali hozirgi kunga qadar anor, mohito, qulupnayli mohito, nok, limonad hamda tarxun ta’mli shirin gazli ichimliklaridan ishlab chiqargan bo‘lsa, bugun bu mazali ta’mlar hamda yorqin ranglar qatoriga yana bir yangi ta’m – Flavis blue raspberry, ya’ni ko‘k malina ta’mini beruvchi ichimlik ham qo‘shilmoqda.
Flavis – har bir tomchisida lazzat va rohatni jamlagan ta’m!
FLAVIS’ning anor ta’mi ayniqsa, keng omma orasida alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Salqin ichimliklar bozorida yangi did, yangi qarashlar timsoli sifatida qabul qilingan ushbu ta’m bozordagi bir xillikdan zerikkan iste’molchilar uchun haqiqiy yangilikka aylandi.
Bu bir qarashda oddiy ichimlikdek tuyulsa-da, u ortidagi konsepsiya — baxt, tetiklik va ilhom ulashish g‘oyasi FLAVIS’ning nafaqat bozorda, balki iste’molchi qalbida ham mustahkam joylashishiga sabab bo‘ldi.
Ta’mlar uyg‘unligi — har bir didga mos
FLAVIS nafaqat anor ta’mi, balki mohito, qulupnay, nok, malina, limonad, tarxun ta’mlari orqali har xil yosh va diddagi iste’molchilarni qamrab olgan. Bu ta’mlar — FLAVIS brendining zamonaviy, shijoatli va kreativ yondashuvi yorqin namunasidir.
FLAVIS — shunchaki ichimlik emas. U ishonchli va xavfsiz mahsulot sifatida barcha sanitar va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi. Ishlab chiqarish jarayonida sifat va oziq-ovqat xavfsizligi tizimi joriy etilgan va nazorat qilib boriladi.
Bundan tashqari, FLAVIS mahsuloti halol sertifikatiga ham ega. Bu nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozor uchun ham ishonchli platforma yaratadi.
FLAVIS — trend yaratuvchi brend
Bugungi kunda FLAVIS nafaqat bozordagi raqobatchi, balki trend yaratuvchi brend sifatida ham tan olinmoqda. U o‘zining yorqin dizayni, noyob ta’mlari va eng asosiysi — mahsulot ortidagi tarix va g‘oyasi bilan boshqalardan ajralib turibdi. Brend insonlarga baxt va quvonch ulashishdan aslo to‘xtamaydi.
FLAVIS bugungi iste’molchi talabiga javob beradigan, sifat, dizayn va did uyg‘unlashgan mahsulot. Uning muvaffaqiyati ortida ishtiyoq, sa’y-harakat va qat’iyat bor. U nafaqat bozorda sotilayotgan mahsulot, balki yangi o‘zgarishlar, yangi did, yangi imkon timsoli.
2024 yilda FLAVIS xalqaro miqyosda ham tan olindi. “Brand Awards International 2024” tanlovida ikki muhim nominatsiyada g‘olib deb topildi, natijada, “Brand Awards International” mukofoti va “Yil kashfiyoti” mukofoti sohibi bo‘ldi.
Bu mukofotlar FLAVIS brendiga bo‘lgan ishonchni yana bir bor mustahkamladi. Kompaniyaning sifatga, innovatsiyaga va iste’molchi didini his qilishga bo‘lgan yondashuvi xalqaro darajada munosib e’tirof etildi.
FLAVIS – Trend yaratuvchi brend!
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34
-
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:28
-
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi
Jamiyat | 20:22
-
Prezident Parkent tumanida «Parkensoy» turar joy massivi qurilishi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:28