Zelenskiy Ukrainada tinchlik «ertagayoq» boshlanishi mumkinligini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon «asta-sekin barqaror tinchlikka olib keladigan» sulhdan boshlanishi kerak.

Foto: RTL
Ukrainada tinchlik ertagayoq boshlanishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy RTL nemis kanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon «asta-sekin barqaror tinchlikka olib keladigan» sulhdan boshlanishi kerak.
«Bu tinchlik ertagayoq boshlanishi mumkin», deb ta’kidladi Ukraina rahbari va Kiyev tinchlikni xohlashini, lekin qurolga muhtojligini qo‘shimcha qildi. Zelenskiy, shuningdek, Moskvaning tinchlikka tayyorligini ko‘rmayotganini aytdi va shu munosabat bilan Rossiyaga xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
Bir kun avval, 28 may kuni jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina prezidenti razvedka ma’lumotlari va Rossiya sanksiyalar ta’sirini qanday his qilayotgani haqidagi «ko‘plab davlatlar» tahliliga tayanib, mojaro 2026 yil iyunida yakunlanishiga umid bildirgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroga barham berish muddati Yevropa Ittifoqining 18-sanksiya paketi va Rossiyaga qarshi «AQSh tomonidan kiritilgan kuchli sanksiyalar paketi» bilan qisqarishi mumkin. Zelenskiy Ukraina 2026 yilgacha jang qilishni istamasligini aytdi.
Suhbat chog‘ida Ukraina rahbari Berlindan bir necha bor so‘ragan Germaniyaning uzoq masofali Taurus raketalarini ham tilga oldi. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, u Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan Kiyevga ushbu raketalarni yetkazib berish masalasini ochiq muhokama qilmaslikka kelishib olgan.
«Biz bu yo‘nalishda ishlayapmiz, ammo hozir qo‘shimcha ma’lumot bera olmayman. Men kanslerga va’da berganman va bunga sodiq qolaman», dedi Zelenskiy.
Mers, shuningdek, bir kun oldin Germaniya Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurollarni yetkazib berishga va birgalikda ishlab chiqarishni boshlashga tayyorligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh va Germaniya bir necha oy avval Ukrainaga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘ turlari bo‘yicha cheklovlarni bekor qilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

19:19 / 24.06.2025
Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

16:46 / 24.06.2025
Balki eng zo‘r emasman, ammo Ukraina bilan urushdan chiqish uchun eng tajribaliman – Zelenskiy

16:21 / 24.06.2025
Putinning NATO bilan ehtimoliy urushi dunyoga 1,5 trillion dollarga tushishi mumkin – OAV

15:03 / 24.06.2025