Putin G‘arbdan NATO sharqqa tomon kengaymasligi haqida «yozma kafolat» olishni istaydi – OAV
Rossiyaning bu talabi Ukraina, Gruziya, Moldova va ilgari SSSR tarkibida bo‘lgan boshqa mamlakatlarning ittifoqqa qo‘shilish fikridan rasman voz kechishini anglatadi.

Foto: Reuters
Rossiya-Ukraina urushiga chek qo‘yish uchun Vladimir Putin G‘arb yetakchi davlatlaridan NATO sharq tomon kengaymasligi haqida «yozma kafolat» olishni istamoqda, deb xabar berdi Reuters Kreml pozitsiyasidan xabardor manbalarga tayanib.
Rossiyaning bu talabi Ukraina, Gruziya, Moldova va ilgari SSSR tarkibida bo‘lgan boshqa mamlakatlarning ittifoqqa qo‘shilish fikridan rasman voz kechishini anglatadi.
Shuningdek, tinchlik kelishuvi evaziga Rossiya quyidagilarni talab qilmoqda:
- Ukraina «neytral bo‘lishi kerak» (Reuters bu nimani anglatishini yozmadi);
- G‘arbning ba’zi sanksiyalari bekor qilinishi lozim;
- Rossiyaning muzlatilgan aktivlari masalasi G‘arbda «ijobiy hal qilinishi» kerak;
- Ukrainada rus tilida so‘zlashuvchilarning himoyasi ta’minlanishi lozim.
«Putin tinchlik o‘rnatishga tayyor, lekin ba’zi shartlar bilan», dedi Reuters manbalaridan biri.
Agar Putin o‘z shartlari bilan tinchlik kelishuviga erisha olmasligini tushunsa, dedi manbalaridan biri, u ukrainaliklar va yevropaliklarga «ertaga tinchlik yanada alamliroq bo‘lishini» harbiy g‘alabalar bilan isbotlashga intiladi.
Kreml sanksiyalar va iqtisodiyot uchun oqibatlariga qaramay, yillar davomida urush olib borishga ishonadi, deb qo‘shimcha qildi u. Va agar Putin jang maydonida taktik imkoniyatni ko‘rsa, Ukrainada yanada oldinga siljiydi, deb ogohlantirdi manba.
Yana bir manbaning aytishicha, Putin endi hudud bo‘yicha murosa qilishga unchalik moyil emas va Rossiya anneksiya qilingan Ukrainaning barcha to‘rtta viloyatini o‘z nazoratida qoldirishi kerak degan pozitsiyasiga amal qilmoqda. «Putin o‘z pozitsiyasini keskinlashtirdi», dedi u.
AQSh vositachiligida Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar fevral oyidan beri davom etmoqda, biroq hozircha sezilarli muvaffaqiyatga erishilmadi.
Kiyev va Yevropa Moskvani muzokaralarni cho‘zayotganlikda ayblamoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp urushni imkon qadar tezroq tugatishni xohlashini bir necha bor ta’kidlagan. Vashington muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, undan chiqish va Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgan.
So‘nggi kunlarda Tramp bir necha bor Vladimir Putindan noroziligini bildirdi. Tramp shu hafta oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni ko‘rib chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

19:30
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

18:53
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik erkak sudlandi

16:03
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi

13:44