Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
Fransiya rahbari AQSh prezidenti «Vladimir Putinning Ukraina haqidagi yolg‘onlarining ayrim jihatlaridan xabardor» degan fikrni bildirdi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga tinchlikka tayyorligi haqida yolg‘on gapirganini tushundi. Bu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning fikri, deb yozdi The Guardian.
Vetnamga diplomatik safarda bo‘lgan Makrondan so‘nggi kunlarda Rossiyaning Ukrainani o‘qqa tutayotganiga izoh berish so‘raldi.
Fransiya rahbari AQSh prezidenti «Vladimir Putinning Ukraina haqidagi yolg‘onlarining ayrim jihatlaridan xabardor» degan fikrni bildirdi.
U Trampning «Putinga bo‘lgan g‘azabi» tegishli choralarga olib kelishiga umid qilishini aytdi. Fransiya prezidenti, ehtimol, AQSh Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Rossiyaga qarshi qo‘llashi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni nazarda tutgan, deb yozdi nashr.
Avvalroq, 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina shaharlarini ommaviy o‘qqa tutdi. Ukrainaning turli mintaqalarida 13 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Xususan, Jitomir viloyatida Rossiya raketasi bir oiladan uch nafar bolani o‘ldirdi.
Buning ortidan AQSh prezidenti Tramp Putinga qarshi keskin gapirib, uni aqldan ozganlikda va asossiz qotillikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan, biroq «unga nimadir bo‘lgan».
Kreml Amerika prezidentining bayonoti «hissiy bosim ta’sirida» bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

01:53
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:37 / 19.06.2025
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi

22:26 / 19.06.2025