Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
Samarqand shahri prokurori boshqa ishga o‘tgani sabab lavozimdan ozod etildi. Narpay tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Normatov uning o‘rniga Samarqand shahri prokurori etib tayinlandi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi
Samarqand shahri prokurori Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimdan ozod etildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Unda viloyat prokurori ko‘p yillar shahar prokurori bo‘lib faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tganini ma’lum qilgan. Shu munosabat bilan Samarqand shahar prokurori etib tayinlangan adliya maslahatchisi Baxtiyor Normatovni jamoaga tanishtirgan.
Baxtiyor Normatov tayinlovga qadar Narpay tumani prokurori vazifasida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Boburmirzo Oblaqulov 2019—2022 yillar davomida Samarqand shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025